Features & Capabilities

E-huquqshunos — davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar va jarayonlarni to‘liq elektron shaklda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirishga mo‘ljallangan zamonaviy axborot tizimi.

Mazkur platforma davlat tashkilotlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlaydi, hujjatlar bilan ishlash jarayonlarini tezlashtiradi hamda yuridik xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi.

Markazlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

• Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash • Davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish • Tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish • Davlat tashkilotlarining mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida va samarali himoya qilish • Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjat loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish

“E-huquqshunos” elektron tizimining asosiy imkoniyatlari

Yuridik hujjatlar namunalar bazasi Tizimga ichki buyruqlar, shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlar namunalarini joylashtirish hamda mavjud namunalar asosida yangi hujjatlar tayyorlash imkoniyati mavjud.

Shaxsiy kabinet orqali ishlash Tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar shaxsiy kabinet orqali hujjat loyihalarini tayyorlashi, ularga tahliliy materiallar qo‘shishi va yuridik xulosa olish uchun markazlarga yuborishi mumkin.

Yuridik xulosa tayyorlash Markazlarning mas’ul xodimlari hujjatlarni ko‘rib chiqadi, tegishli yuridik xulosa tayyorlaydi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va tizim orqali qayta yuboradi.

Avtomatik raqam berish Markazlarning ijobiy xulosasidan so‘ng hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus yagona raqam beriladi va ular ketma-ket tartibda raqamlanadi.

Elektron hujjat almashinuvi Tizim davlat tashkilotlari va markazlar o‘rtasida hujjatlarni tezkor va xavfsiz almashish imkonini beradi.

Faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar Tashkilotlar o‘z faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni tizimga kiritishi, tahrirlashi va elektron raqamli imzo orqali tasdiqlab yuborishi mumkin.

User Growth & Download Statistics

App Mature
By:
UNICON SOFT
Rating:
3.70
(3)
3.70
Version:
1.0.13 Last updated: 2026-06-12
Version code:
886883558
Creation date:
2026-03-16
Compatible devices:
Size:
58.99MB
URLs:
Website ,Privacy policy
Full description:
See detailed description
Source:
Apple Apps Store
Data ingested on:
2026-06-14
Compare stats and ranking:

Contact the developer

Chrome-Stats does not own this Apple app. Please use these information below to contact the Apple app developer.
Developed by:
UNICON SOFT
Apple Apps Store
https://apps.apple.com/uz/app/e-huquqshunos/id6760208316
Website:
https://us.uz

Best E-huquqshunos Alternatives

Here are some Apple apps that are similar to E-huquqshunos: