DavAI Android

DavAI

Mashq bajarmaguningcha ilovalar qulfda! Harakatlarni AI o'zi sanab boradi.

Overview

Features & Capabilities

Telefoningiz vaqtingizni o'g'irlayaptimi?

DavAI buni foydangizga o'zgartiradi: chalg'ituvchi ilovalar kunlik mashqlarni bajarmaguningizcha qulflangan holda turadi.

QANDAY ISHLAYDI
• O'zingiz tanlaysiz: Qaysi ilovalar sizni chalg'ityapti? Ijtimoiy tarmoqlar, o'yinlar yoki videolarni tanlang.
• Qulflanadi: Ularni ochishga urinsangiz, ekranda DavAI paydo bo'ladi va sizdan mashq bajarishni so'raydi.
• Kamera oldida mashq: Telefonni qulay joyga qo'yib, o'tirib-turish (squat) yoki yerga tayanib ko'tarilish (otjimaniye) mashqlarini bajarasiz. Sun'iy intellekt (AI) har bir harakatingizni kuzatib, avtomatik sanab boradi. Aldashning imkoni yo'q — chala qilingan harakatlar hisobga olinmaydi!
• Natija: Kunlik normani bajarganingizdan so'nggina ilovalar ochiladi. Ertasi kuni esa barchasi yana boshidan boshlanadi.

Endi iroda kuchiga tayanib o'tirish shart emas — o'zingizni nazorat qilishni DavAI'ga topshiring.

ASOSIY IMKONIYATLAR
• AI yordamida aniq nazorat: Harakatlar kamera orqali avtomatik sanaladi, raqamlarni qo'lda kiritishga hojat yo'q.
• Shaxsiy sozlamalar: Qaysi ilovalar bloklanishini va mashqlar sonini faqat o'zingiz hal qilasiz.
• Maqsad va statistika: Kunlik natijalaringiz va progressni kuzatib boring.
• Ko'p tilli interfeys: O'zbek (lotin va kirill), rus hamda ingliz tillarida to'liq ishlaydi.

MAXFIYLIK VA XAVFSIZLIK
Kamera orqali olingan tasvirlar faqat telefoningizning o'zida tahlil qilinadi — hech qanday video yoki rasm internetga yuborilmaydi va xotirada saqlanmaydi.
Ilovalarni bloklash uchun DavAI Maxsus imkoniyatlar (Accessibility) xizmatidan foydalanadi. Bu funksiya faqat qaysi ilova ochilganini aniqlash uchun kerak. Dastur ekrandagi shaxsiy ma'lumotlarni o'qimaydi, yozib olmaydi va uchinchi shaxslarga uzatmaydi.

NARXI
DavAI — pullik ilova. Bir martalik to'lov evaziga ilovadan 365 kun davomida to'liq foydalanishingiz mumkin. Hech qanday yashirin obunalar va kartadan avtomatik pul yechib olish holatlari yo'q. Narxlar to'lov qilishdan oldin ilovaning o'zida ko'rsatiladi (Payme yoki Click orqali).

SAVOLLAR BO'LSA:
- Telegram: @ContactDavAIBot
- Maxfiylik siyosati: 571
- Foydalanish shartlari: https://davai.uz/terms

Dav-ay, boshladik!

User Growth & Download Statistics

App
By:
Softoptions LLC
Downloads:
9
Version:
0 Last updated: 2026-09-13
Creation date:
2026-09-13
Publisher country:
UZ UZ
Email:
in*****@davai.uz
Privacy policy:
Full description:
See detailed description
Source:
Google Play Store
Data ingested on:
2026-10-25
Compare stats and ranking:

Contact the developer

Chrome-Stats does not own this Android app. Please use these information below to contact the Android app developer.

Developed by:
Softoptions LLC
Google Play Store
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.youearnit.app
Email:
in*****@davai.uz

User Reviews

best for time management

by Mu*****
View all user reviews ›

Best DavAI Alternatives

Here are some Android apps that are similar to DavAI: